Angliya terma jamoasining bosh to‘purari Ueyn Runiga operatsiya kerak bo‘lishi mumkin. Daily Express nashrining ma'lum qilishicha, 30 yoshli futbolchi shu sababli 2016 yil Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Runi to‘p suradigan "Manchester Yunayted"da futbolchiga uning tizzasini davolash yordam berishiga umid qilmoqdalar, agar u natija bermasa, Runi operatsiya qilinadi.
"MYu" bosh murabbiyi Lui van Gal Runining Germaniya va Gollandiya terma jamoalari bilan o‘ynamasligini tasdiqladi.