Turkiyaning Mardin provinsiyasida «Kurdiston ishchi partiyasi» (ba'zi mamlakatlarda terroristik guruh deb qaralmoqda) xodimi mahalliy politsiya mashinasiga hujum qilgan. Jangaralar zirxlangan ulovga granatamyotdan o‘q otishgan. Natijada bitta politsiyachi halok bo‘lgan va yana ikkitasi jarohat olgan.
Turkiya hukumati mamlakatning kurdlar yashaydigan hududlarida dekabrdan buyon kommendant vaqtlarini e'lon qilib keladi, xavfsizlik o‘sha hududlarda kuchaytirilgan, lekin shunday bo‘lishiga qaramay qonunbuzarliklar ko‘p uchramoqda. Politsiyachilar qator ko‘chalarning ostidan qazilgan xandaqlarni ko‘rishgan.