«Severnaya» shaxtasida noma'lum yo‘qolgan 26 kishining o‘limi tasdiqlandi

Jahon 12:53 / 28.02.2016 3568

Rossiyaning Vorkute shahridagi «Severnaya» konida 25 fevral kuni ro‘y bergan portlash natijasida shaxta ichida tashqi hayotdan uzilib qolgan 26 konchining barchasi halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Rossiya FVV rahbari Vladimir Puchkovga asoslanib, TASS agentligi xabar tarqatgan. Uning aytishicha, shaxta ichidagi sharoit, havoning yetishmasligi va yuqori darajadagi harorat konchilarning tirik qolishiga imkon bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevralda shaxtaning bir qismida qazish ishlari olib borilayotgan joyda tog‘ zarbasi – tog‘ jinslari o‘pirilishi yuz bergan. O‘pirilish yuz berganda shaxtada 110 kishi bo‘lgan, ulardan 80 nafari yuzaga chiqarilgan.

27 fevralda shaxtada avariyaviy qismda katta miqdorda metan gazi to‘plangani sababli qayta portlash yuz berdi va qutqaruvchilar halok bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: