Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Rossiya tomonidan Suriyadagi yarashuv buzilganini aytdi

Jahon 21:12 / 28.02.2016 5787

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Rossiya va Suriya hukumatini aviazarbalar berishda aybladi, bu esa Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Al-Jubayr Saudiya Arabistoni hukumati ayni vaqtda bu masalani boshqa davlatlar bilan muhokama qilayotganini aytdi.

Shuningdek, Al-Jubayr agar Suriya hukumati va uning ittifoqchilari yarashuv borasida "nojiddiy" bo‘lsalar, unda "reja B"ning amalga oshirilishini aytdi.

"Fikrimcha, yarashuvga amal qilish – bu o‘tish hukumatini yaratish va Asaddan hokimiyatning kengashga topshirilishini o‘z ichiga oluvchi Suriya ixtilofini tinch hal qilishga erishish jiddiyligining muhim indikatoridir", deb aytdi Al-Jubayr.

Ko‘proq yangiliklar: