Rossiya tashqi ishlar vazirligida Suriyadagi yarashuv tartibining barbodga uchrashi vaziyatida prezident Bashar Asadni hokimiyatdan chetlatuvchi "B reja"ning mavjudligi BMT Xavfsizlik kengashi qaroriga zid keladi, deb aytildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi ma'lum qildi.
"Bu gaplar bir ovozdan qabul qilingan BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga mutlaq zid keladi va bu rezolyutsiyalar Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya va Rossiya ishtirok etgan Vena formati doirasidagi hamfikrlikka muvofiq qabul qilingan", deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr aytgan gaplarga javoban.
"Biz barcha boschiqlarda "B reja" yo‘q deb aytdik. Biz kelishganlarimizni birgalikda bajarishimiz kerak", dub qo‘shimcha qildi Bogdanov.
Avvalroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr agar Suriya va uning ittifoqchilari yarashuvga amal qilmasalar, unda Suriyadagi hokimiyat Bashar Asaddan boshqa qo‘llarga topshiriladigan "B reja" ishga tushirilishini aytgandi.