Qozonlik qiz o‘z dorisini kasal it bilan baham ko‘rmoqda

Jahon 17:46 / 28.02.2016 5485

Qozon shahrida istiqomat qiluvchi Svetlana ismli qiz qand kasali bilan og‘rigan. U tez-tez insulin qabul qilib turishi kerak va shu sabab unga insulin olib kelib turishadi. Yaqinda u uysiz yurgan itni topib oldi va unga g‘amxo‘rlik qila boshladi. Itga o‘rganib qolgan Svetlana jonivorning ham xuddi o‘zi kabi bemor ekanini bilib qoladi. Itga ham insulin kerak ekanini bilgach Svetlana o‘zi uchun ajratilgan doridan itga ham ukol qilib keladi.


«Ko‘cha-ko‘yda ko‘plab hayvonlar uysiz yuradi. Ularga egalari qaramay tashlab ketishgan. Hayvonlarning ham ahvolini tushunish uchun odamning o‘zi kasal bo‘lishi kerakmasdir»,- deydi Svetlana. Bu haqdagi ko‘rsatuv efirga berilgach Svetlanaga insulin uchun yordam beruvchilar soni ko‘paygan.

Ko‘proq yangiliklar: