Bugun 28-fevral kuni Gollivudning eng shov-shuvli taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 88–marotaba o‘tkaziladigan marosimni Kris Rok olib boradi.
Nomzodlar orasida hozirda “Tirik qolgan” (Alexandro Gonsales Inyarritu) filmi eng ko‘p ovoz bilan yetakchilikni ushlab turibdi. Mahoratli aktyor Leonardo DiKaprio mazkur film orqali o‘zini yana bir bor “Oskar”ga loyiq ekanligini isbotladi.
Bundan tashqari, barchani bu yil Leonardo DiKaprio orziqib kutgan sovrinni qo‘lga kiritishi haqidagi savol qiynamoqda?
Kino sanoatida eng nufuzli mukofot hisoblanmish “Oskar” bu yil kimga nasib etar ekan?
Eng yaxshi aktyor
- Brayan Krenston — “Trambo”
- Leonardo DiKaprio — “Tirik qolgan”
- Maykl Fassbender — “Stiv Jobs”
- Mett Deymon — “Marslik”
- Eddi Redmeyn — “Daniyalik qiz”
Eng yaxshi aktrisa
- Bri Larson — “Xona”
- Jyennifer Lourens — “Joy”
- Keyt Blanshett — “Kerol”
- Sirsha Ronan — “Bruklin”
- Sharlotta Rempling — “45 yil”
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor
- Kristian Beyl — “Qulatuvchi o‘yin”
- Mark Raylens — “Ayg‘oqchilik ko‘prigi”
- Mark Ruffalo — “Diqqat markazida”
- Silvestr Stallone — “Krid: Rokki merosi”
- Tom Xardi — “Tirik qolgan”
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa
- Alisiya Vikander — “Daniyalik qiz”
- Jyennifer Jyeyson Li — “Jirkanch sakkizlik”
- Keyt Uinslet — “Stiv Jobs”
- Runi Mara — “Kerol”
- Reychel MakAdams — “Diqqat markazida”
Eng yaxshi rejissyor
- Adam MakKey — “Qulatuvchi o‘yin”
- Alexandro Gonsales Inyarritu — “Tirik qolgan”
- Jord Miller — “Telba Maks: g‘azab yo‘li”
- Leonard Abraxamson — “Xona”
- Tom MakKarti — “Diqqat markazida”
Chet tilidagi eng yaxshi film
- “Urush” (Voyna)
- “G‘urur” (Gordost)
- “Mustang”
- “Saulaning o‘g‘li” (Syn Saula)
- “Ilonlar iskanjasida” (Ob'yatiya zmeya)
Eng yaxshi bastakor
- Jon Uilyams — “Kuchlarning uyg‘onishi”
- Yoxan Yoxannsson — “Qotil”
- Karter Byoruell — “Kerol”
- Tomas Nyuman — “Ayg‘oqchilik ko‘prigi”
- Ennio Morrikone — “Jirkanch sakkizlik”
Eng yaxshi libos dizayni
- “Telba Maks: g‘azab yo‘li”
- “Tirik qolgan”
- “Daniyalik qiz”
- “Zolushka”
- “Kerol”
Eng yaxshi animatsion film
- “Anomaliza”
- “Qo‘zichoq Shon”
- “ Marni haqidagi xotiralar”
- “Jumboq”
- “Bola va dunyo”
Eng yaxshi hujjatli film
- “Sukunat nigohi”
- “Kartellar zamini”
- “Alanga ichidagi qish”
- “Miss Simon, nima bo‘ldi?”
- “Emi”
Mukofot o‘z egalarini topishiga oz fursat qoldi. Saytimizni kuzatishda davom eting va natijalardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling.