Kemeron Britaniyaning YeIdan chiqishini “asr tavakkali” deb baholadi

Jahon 15:16 / 28.02.2016 3034

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishini “asr tavakkali”, deb atadi. Bu haqida Sunday Telegraph xabar bermoqda.

Uning qayd etishicha, Britaniyaning YeIdan chiqishi tarafdorlari mamlakatning ittifoqsiz hayotini qanday tasavvur etish haqidagi savollarga noaniq javob bermoqda.
«Ish o‘rinlari borasidagi imkoniyatimiz va mamlakatimiz kelajagi, barchasi yaxshi bo‘ladimi-yo‘qmi, buni aytish qiyin”,— deydi Kemeron. Va bu borada “faqat noaniqlik aniq” ekanini ta'kidladi.
Avvalroq Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn mamlakatning ehtimoli tutilayotgan YeIdan chiqishi masalasi katta iqtisodiy xavf keltirib chiqarishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: