Hammaga ma'lumki, Alibabaning asoschisi Jek Ma Xitoydagi eng badavlat inson. Uning elektron tijoratga asoslangan kompaniyasi Alibaba kuniga 100 million xaridorni o‘ziga jalb etadi. Maning boyligi 20,4 milliard AQSh dollari qiymatida baholangan.
Biroq shuni alohida ta'kidlash joizki, Xitoydagi eng badavlat odam darajasiga yetguniga qadar u ko‘plab rad etishlarga uchragan.
O‘zining jurnalist Charli Rouzga bergan so‘nggi intervyusida biznesmen kollejga kirish imtihonidan uch marotaba yiqilganligini ma'lum qilgan.
Kollejni tamomlagach, Ma 30 ta turli xil ishga hujjatlar topshirib, rad javobini olgan.
“Politsiyaga ishga borganimda, “to‘g‘ri kelmaysiz, deb aytishdi” – deydi Ma Rouzga. “KFC – (qovurilgan jo‘jalar)” shahrimizda tayyorlana boshlaganida ham u yerga ishga kirishga harakat qilib ko‘rdim. Yigirma to‘rt kishi suhbatga bordik. Ulardan yigirma uchtasi ishga olindi. Men esa ishga qabul qilinmagan yagona nomzod edim...”
1998 yilda Alibaba tashkil etilganida ham Ma qiyinchiliklarga duch keldi.
Brend dastlabki uch yil davomida foyda keltirmadi, bu esa Mani ijodkorona yo‘l tutishga undadi. Kompaniyaning eng katta muammolaridan biri shu ediki, to‘lovlarni amalga oshirishning hech qanday yo‘li mavjud emasdi, hech bir bank u bilan ishlashni istamasdi.
Ma o‘zining shaxsiy to‘lovlar dasturi Alipayni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Dastur xalqaro sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida turli pul birliklarida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
– O‘sha vaqtda ko‘plab odamlar bu dunyodagi eng ahmoqona g‘oya ekanligini aytishgan, – deydi Ma. – Meni esa bu havotirga solmadi, insonlarga foyda keltirar ekan, bu ahmoqona g‘oya emasligini bilardim.
Bugungi kunda 800 million kishi Alipaydan foydalinb kelmoqda.
Bu maqolani o‘qigach, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, biror-bir ishni amalga oshirishda insonlarning u yoki bu fikrlaridan qo‘rqmaslik lozim. Har bir muammo sizni yanada mohirona yo‘l tutishga undaydi. Mana shunday qiyinchiliklarga qaramay yo‘lida davom eta olganlargina muvaffaqiyatga erishadi.