Mumbayda 35 yoshli Hasnin Anvar 14 nafar oila a'zolarini so‘yib tashlagan. Bu haqda Gulf News xabar bermoqda. Ma'lum bo‘lishicha, o‘lganlardan yettitasi bolalar bo‘lgan.
Mahalliy politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, qotil barchani o‘ldirgandan keyin o‘zini osgan. U pichoq urganlardan faqat 21 yoshli singlisi tirik qolgan. Uning ovozini qo‘shnilar eshitib qolishgan va kasalxonaga olib borishgan. Mahalliy manbaalarning ma'lum qilishicha, qotil avvalroq oila a'zolarining ovqatiga tinchlantiruvchi modda qo‘shgan.
Ba'zi manbaalarning yozishicha, u shunchaki oila a'zolari uyquga ketgach ularni so‘yib tashlagan. Voqea tavsilotlari o‘rganilmoqda.