Germaniyada Aushvits-Birkenau konslagerining 95 yoshli sanitari sud qilinadi

Jamiyat 16:15 / 28.02.2016 2974

Germaniyaning Shverin shahrida Aushvits-Birkenau konslagerida sanitar bo‘lib ishlagan 95 yoshli Gubert Zafke sudda oldida javob beradi. Unga minglab odamlarning o‘ldirilishida ishtirok etganlik aybi qo‘yilmoqda, deb yozadi Reuters.

SS a'zosi bo‘lgan Zafke 1943 yilda Polsha janubidagi nemis konslageriga shifokor sifatida ishga kiradi. Shverin shahri prokuraturasining fikricha, Zafka Aushvitsdagi ommaviy qatlda ishtirok etgan. Ma'lum qilishlaricha, u yerda 1,2 mln odam o‘ldirilgan.

Sud paytida ikki kishidan kam bo‘lmagan guvohning ko‘rsatmalari taqdim etilishi kutilayapti.

Ko‘proq yangiliklar: