Braziliya hukumat idoralari futbolchi Neymarga tegishli vertolyotni musodara qildilar

Sport 21:29 / 28.02.2016 5743

"Barselona" klubining hujumchisi Neymarga tegishli vertolyot Braziliya hukumat idoralari tomonidan musodara qilindi.

Futbolchining 3,8 mln dollarga baholanayotgan vertolyoti u tomonidan deklaratsiya qilinmagan va hozirda Neymarning muzlatilgan aktivlari ro‘yxatida turibdi. Bu ro‘yxatda, shuningdek, futbolchiga tegishli villa, yaxta va samolyot bor.

Ayni vaqtda Braziliya mutassadi idoralari futbolchi tomonidan deklaratsiya qilinmagan 16 mln dollarni qidirmoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: