Turinning «Yuventus» klubi afsonasi Alessandro Del Pero Italiyadagi «Yulduzlar bilan raqs» dasturida tangoga o‘ynadi. Unga mashhur raqqosa Roberta Bekkarini sheriklik qilgan.
Bekkarini o‘zining facebook'dagi sahifasida joylashtirgan rasmda sahnada Aleksning rasmi ko‘rinadi. Shu fonda qahramonlar tangoni ijro etishgan. Eslatib o‘tamiz, Del Pero professional faoliyatini 2014 yilda tugatgan. U Italiya terma jamoasi bilan 2006 yilgi jahon chempionatida zafar quchgan.