2015 yili o‘tkazilgan Yaponiya aholisini umumiy hisoblash chog‘ida ilk bor aholi sonining qisqarishi kuzatildi.
Bunga o‘lim soni tug‘ilish sonidan o‘sib ketishi tufayli aholining tabiiy kamayishi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi NHK.
“Yaponiya aholi kamayishi davriga kirib keldi”, deyiladi mamlakat umumxalq ishlari vazirligi xabarida.
Yaponiya aholisi ayni paytda 127 million 110 ming 47 kishini tashkil etadi. Xabarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2010 yilgi aholi sonidan 0,7 foizga kam.
Tokio, Tiba, Kanagava va Saytama prefekturalarida, asosan odamlarning qishloqdan markazga ko‘chishi hisobiga, aholi soni o‘sgan. Tokio aholisi 2,7 foizga ko‘paygan va 13,5 million kishini tashkil etadi.