Shu kunlarda Lyaochen shahri Shandun hududida o‘rnatilgan bo‘yi 9 metr, eni 5 metrli shishaplastikadan yasalgan “ulkan karam” xalqni hayratga solyapti.
U haqiqiy karamdek tuyuladi, lekin hajmi judayam katta. Xitoy tilida “karam” va “million boylik” so‘zlari hamohang eshitiladi. Ya'ni, karam – baxt va to‘kinchilikning yashirin timsolidir.
Skulptura darrov sayyohlar e'tiborini jalb qila boshladi.