Tramp Meksika sobiq prezidentiga: «Devor endi yana 10 fut balandlikka ko‘tariladi»

Jahon 14:20 / 26.02.2016 2983

AQSh prezidentligiga nomzod hisoblangan Donald Tramp CNN telekanalidagi munozaralarda Meksikaning sobiq prezidenti Visente Foksning ikki davlat o‘rtasidagi devorlar haqida aytgan so‘zlarini sharhladi, deya xabar beradi The Hill.

«Men faqat shuni ayta olamanki, agarda men bu so‘zlarning bir qismini bo‘lsa ham aytganimda, bu milliy qo‘zg‘olonga aylangan bo‘lardi», — dedi u.

Uning ta'kidlashicha, Foks efir vaqtida shunday «jirkanch so‘z»ni ishlatgani uchun, «o‘zidan uyalib, kechirim so‘rashi» kerak.

«Men shunday ish qilamanki, (ular devor uchun pul to‘laydilar), bu devor endi 10 fut (3 metr) balandroq bo‘ladi», — deya qayd etdi Tramp.

Meksika bilan chegarada devorlar o‘rnatish milliarder Trampning saylovoldidagi asosiy arznomalaridan biri sanaladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu noqonuniy migratsiyaning oldini olishga yordam beradi. Milliarder ishonch bilan aytadiki, u Meksikani devorlarni qurish uchun mablag‘ ajratishiga majburlay oladi.

Eslatib o‘tamiz, Meksikaning sobiq prezidenti Visente Foks respublikachilar tomondan AQSh prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan Donald Trampga uning ikki mamlakat o‘rtasida devor qurish haqidagi g‘oyasi uchun qattiq tanbeh bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: