Toshkent aeroportiga Moskvadan uchgan samolyot majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

O‘zbekiston 11:30 / 26.02.2016 14191

AZUR air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, Rossiyaning Moskva shahridan Tailandning Pxuket shahriga uchayotgan Boeing 767-300 samolyoti O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga dvigateldagi moy darajasi uchishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmas darajada kamaygani sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning 26 fevral kuni bortida 327 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkentdagi aeroportga mahalliy vaqt bilan soat 05.38da majburan qo‘ngan.

Aviakompaniya yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yish uchun ikkita zaxira samolyoti Toshkentga yuborilishi aytilgan.

G‘arbiy-Sibir okrugi transport prokuraturasi xodimi Oksana Gorbunova Krasnoyarsk transport prokuraturasi ushbu hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borayotgani haqida ma'lum qilgan.

Tekshiruv parvoz xavfsizlik qoidalariga amal qilish va to‘xtashga majbur bo‘lgan samolyot yo‘lovchilari huquqlarini saqlash nazorati bo‘yicha olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: