Saudiya Arabistonida 16 tonnadan ortiq nasha qo‘lga olindi

Jamiyat 15:32 / 26.02.2016 3689

To‘rt oy davom etgan narkotiklarga qarshi maxsus operatsiyani amalga oshirish natijasida saudiyalik huquq muhofazachilari 16 tonnadan ortiq nasha va 26 million dona narkotik tabletkalarni qo‘lga tushirdilar. Operatsiya davomida bitta saudiyalik politsiyachi va beshta narkodilerlar halok bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, yana 28 politsiyachi va 13 narkodilerlar o‘zaro to‘qnashuvda turli darajada jarohatlangan.

Shu yilning 30 yanvar kuni o‘z nihoyasiga yetgan ushbu to‘rt oylik operatsiya natijasida 953 nafar kontrabandist qamoqqa olingan. Ularning 258 nafari saudiyalik bo‘lgan. 

Shuningdek, politsiya tomonidan 16,1 tonna nasha, 401 kg kokain, 8,3 kg geroin, 565 g opium, 26,1 million narkotik tabletkalar va boshqa giyohvand moddalar hamda 339 ta qurol, ulardan 36 tasi pulemyot, 26,5 million dirham miqdoridagi pul summasi musodara etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: