Ronaldu tezligini saqlab qolish uchun parhez qila boshladi

Sport 15:46 / 26.02.2016 2736

Ispaniyaning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana uzoq muddat yaxshi sport formasini ushlab turish maqsadida parhez qilishga qaror qildi. U jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha tartibini o‘zgartirgan.

Portugaliya terma jamoasi sardori, 31 yoshida yangi parhez dasturiga ko‘ra 2015 yilning yanvaridan boshlab ikki kilogramm mushaklar og‘riligini yo‘qotgan. O‘ttiz yoshdan oshganidan keyin esa futbolchi umumiy hisobda bir kilogramm vazn tashlagan.

Mushaklar og‘rligining qisqarishi natijasida futbolchi o‘zining harakatchanligi va tezkorligini saqlab qoladi. Hozirda Ronalduning vazni 78 kilogrammni tashkil qilmoqda. Futbolchi mushaklari og‘irligini yana bir necha kilogrammga kamaytirishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: