AQSh prezidenti Barak Obama o‘z murojaatida Rossiya Harbiy koinot kuchlari tomonidan Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan havo zarbalari mamlakat hududidagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirgani haqida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu faqatgina Suriyadagi fuqarolik urushi emas, mamlakatdagi hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun sulolalar o‘rtasidagi urushga aylandi".
"Rossiyaning bu hududga kirishi va havo zarbalarini amalga oshirishi Asad rejimi kuchayishiga xizmat qildi va mamalakatdagi gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi", deydi Obama.
Uning qayd etishicha, ayni vaqtda Suriyada bolalar va keksalar ochlikka giriftor bo‘lishdi.
Bundan oldinroq, Turkiya TIV Rossiyaning Suriya shimolida insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan karvonga hujum qilib, harbiy jinoyat sodir etgani haqida ma'lum qilgandi.