Misr prezidenti Qozog‘iston, Yaponiya va Janubiy Koreyaga safar qiladi

Jahon 11:17 / 26.02.2016 1675

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi bugun—26 fevral kuni osiyo bo‘ylab safarini boshlaydi. Safar doirasida Qozog‘iston, Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘ladi. Bu haqida Misr yetakchisining rasmiy manbasiga tayanib, RIA xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, Ostonada ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va terrorizm hamda ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, as-Sisi Nazarboyev universitetida ma'ruza o‘qishi kutilmoqda.

So‘ng Misr prezidenti Tokioga jo‘naydi va Yaponiya imperatori Akixito bilan uchrashadi. Shuningdek, iqtisodiy dasturlar bo‘yicha mamlakatning yetakchi ishbilarmonlari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan ham muloqotlar rejalashtirilgan.

Misr prezidentining osiyo bo‘ylab safari Janubiy Koreyada yakundanadi. Seulda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Deklaratsiya imzolanishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: