Kerri Asadning ketishi Suriyadagi urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l ekanini aytdi

Jahon 10:45 / 26.02.2016 2426

AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri Suriyadagi o‘t ochish ishlari faqatgina mamlakatning amaldagi rahbari Bashar Asadning hokimiyatdan chetlatilishi evaziga ro‘y berishi mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar tarqatgan.

"Agar Asad qoladigan bo‘lsa, urushning to‘xtamasligi aniq", deydi Kerri.

U Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha mexanizm yaqin vaqtlar ichida ishlab chiqilishini qayd etib o‘tgan.

"Men bilaman, bu juda qiyin bo‘ladi, ammo yaqin kunlar ichida biz bu borada maxsus mexanizmni (o‘t ochishni to‘xtatishni hayotga tatbiq etish bo‘yicha model) taqdim etamiz", deydi u.

Bundan oldinroq, Jon Kerri "B rejasi" bo‘yicha ishlar ham 1 oy ichida boshlanishi haqida aytib o‘tgani xabar qilingandi.

Jon Kerri diniy ekstremizmni AQShga tahdid qilayotgan bosh xavf deb atadi

Ko‘proq yangiliklar: