FIFA prezidentligi uchun saylovlar munosabati bilan tashkil qilingan navbatdan tashqari kongressda ajabtovur voqeilik kuzatildi.
Associated Press axborot agentligi jurnalisti Rob Xarrisning ma'lum qilishicha, kongress ovoz berishning tizimini tekshirib ko‘rish uchun test rejimidagi so‘rov bilan boshlangan. Unda FIFA a'zolariga: «JCh-2018 Rossiyada bo‘lib o‘tadimi?» deya savol berilgan
201 nafar FIFA a'zosining 11 nafari (5 foizi) bunga salbiy javob bergan, qolgan 190 kishi (95 foiz) to‘g‘ri javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan nomzod sifatida ishtirok etishmoqda.