Eronda 26 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da parlament (majlis) va ekspertlar kengashiga ovoz berish saylov uchastkalari ochildi. Umumiy hisobda butun mamlakat bo‘ylab 53 mingga yaqin saylov uchastkalari faoliyat ko‘rsatadi.
Eron fuqarolari parlamentga 290 nafar deputat va rahbarlik idoralaridan biri – ekspertlar kengashiga 88 nafar shia ruhoniysi va shariat bilimdonlarini saylashlari kerak bo‘ladi. Eron madaniyat va islomiy yo‘nalish vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, saylov jarayonini 500 ga yaqin jurnalist, jumladan Eronda doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAVning 150 ga yaqin xodimi yoritadi.
Saylov jarayoni xavfsizligini 250 ming politsiyachi ta'minlaydi. Bundan tashqari, Eron xavfsizlik kuchlarining vertolyot bo‘linmalari jalb qilinadi.