AQSh Davlat kotibi Jon Kerri kongressdagi tinglashlarda AQSh Anqaraning Suriyadagi ixtilofni tartibga solish jarayoni borasidagi xavotirlarini hisobga olishi va turkiyalik hamkorlari bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"Biz turklar bilan mintaqadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Biz Turkiyaning xavotirlarini hurmat qilishimiz kerak va hurmat qilamiz. Muhimi, qisqa muddatli istiqboldagi qarorlar minataqada uzoq muddatli istiqbolda muammolar yaratishi kerak emas", deb aytdi Kerri.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibi Turkiya xavfsizligiga tahdid mavjudligida majburiy bo‘lmasligini aytdi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Suriyadagi yarashuv bo‘yicha qaror shu jumladan Turkiyaning fikri va manfaatlari hisobga olingan holda qabul qilinganini aytdi va Turkiyani barcha majburiyatlarni bajarishga chaqirdi.