AQShning Michigan aeroportida border-kolli zotiga mansub qo‘riqchi it instagram yulduziga aylandi. Bu haqida “gazeta.ru” internet-nashrining PETS loyihasi xabar beradi.
Payper laqabli kuchuk uchish-qo‘nish yo‘lagi va yaqin o‘tuvchi yo‘llarning tozaligiga javob beradi. Gap aeroportning asosiy nuqtalarida, qush va boshqa hayvonlarni tezlik bilan o‘tkazish haqida ketmoqda.
Xabarda aytilishicha, yetti yoshli Payper o‘zi uchun ochilgan instagram sahifasida tez-tez paydo bo‘ladi. U o‘z lavozimi ko‘rsatib o‘tilgan maxsus kiyimda va uchuvchi-qutqaruvchi ko‘zoynagida namoyon bo‘ladi.
“Payper hozircha yosh mutaxassis, u tinim bilmay o‘qimoqda va hech qachon ortga chekinmaydi. Bu yerda u qor bo‘roni bilan ishlash qanday bo‘lishini bilib oladi”, - deya qayd etiladi fotosuratlarning birida.
Bu jonivor rasmiy tarzda Michigan aeroportining yovvoyi tabiatni nazorat qilish bo‘yicha boshqaruvda xizmat qiladi. Uning egasi esa - aeroport rahbarlaridan biri hisoblanadi.