“Mening kareram, qaysidir ma'noda, uning shedevri, uning qo‘shig‘i, uning simfoniyasi edi. Men buni tushunaman”, – ma'lum qildi Dion. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning bu boshlagan ishlari tugallanmay qolishi haqidagi fikrning o‘zi Anjyelilning dilini og‘ritgan bo‘lar edi. “Men, agar u bizni qachondir tashlab ketsa, o‘zim uningsiz, u uchun davom etishimga to‘g‘ri kelishini anglab yetdim”, - qo‘shimcha qildi qo‘shiqchi.
Muxlislari uni tik turgan holatda olqishlashdi. Dion, shuningdek,Anjyelil uning eng yaxshi tanqidchisi bo‘lganini, bundan tashqari, u turmush o‘rtog‘i bilan bir butun bo‘lganini aytdi. “Hech narsa o‘zgarmadi, biz doimo bir butun bo‘lib qolamiz” ma'lum qildi u.