O‘qituvchilarning so‘nggi selfisi ularning yonib ketishiga sabab bo‘ldi

Jamiyat 15:51 / 22.02.2016 10026

Saudiya Arabistonida ijtimoiy tarmoq tufayli yuz bergan avtohalokatda 4 kishi halok bo‘ldi.

OAVda xabar berilishicha, murabbiylar boshqarib ketayotgan mashina Al Laith tumanida boshqa bir avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Bunga haydovchining selfi tushish bilan andarmon bo‘lib, yo‘ldagi harakatga e'tibor qaratmagani sabab bo‘lgan.

Mashina yonib, o‘qituvchilar uning ichidan chiqishga ulgura olishmagan.

Ular fuqarolik mudofaasi jamoasi alangani o‘chirgunlariga qadar, olov ichida kuyib halok bo‘lishgan.

Shu tariqa, ular yo‘lda, avariya sodir bo‘lishidan oldin ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan surat ularning so‘nggi selfisi bo‘lib qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: