Britaniyalik afsonaviy uchuvchi, o‘z faoliyati davomida 487 turdagi samolyotlarda uchishlarga chiqqan Erik Braun 97 yoshida olamdan o‘tdi.
Braun 1919 yilning 21 yanvarida Leyte shahrida dunyoga kelgandi. Uning ilk parvozi 8 yoshida ro‘y bergan. Erikning otasi uni biplanda uchishga olib chiqqan.
Braun Edinburgdagi universitetda samolyotlarni boshqarish ilmini o‘rgandi. U Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Braun 3 marta Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Shulardan biri aviatashuvchi kema palubasiga eng ko‘p marta qo‘nishlar amalga oshirish hisoblanadi.
Kapitan Braun 1970 yilda Britaniya qirollik flotidagi xizmatini tark etgan. Keyinroq u Buyuk Britaniya vertolyotchilari maslahat kengashi rahbari, 1982 yildan Buyuk Britaniya Qirolligi aviatsiya jamiyati prezidenti sifatida ishlagan.