AQSh maxfiy xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden qanday shartlar bilan AQShga qaytishi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda WMUR9 telekanalida ma'lum qilingan.
Snouden agarda unga odil sud kafolatlansa, AQShga qaytishi mumkinligini aytgan.
"Men hukumatga, agar menga jamiyat huquqlarini himoya qila oladigan odil sudni kafolat qilib bersa, uning davomida men jamoatchilik manfaatlari yo‘lida o‘zimni himoya qila olsam va harakatlarimni tushuntira olsam, AQShga qaytishimni aytgandim", deydi Snouden.
Bundan oldinroq, Yevroparlament Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Edvard Snoudenni "har qanday ta'qib"ni to‘xtatish haqida rezolyutsiyasini qabul qilgandi.
Snouden Amerika maxfiy xizmatlari global kuzatuvi haqidagi maxfiy ma'lumotlarini oshkor qilgani uchun ta'qib qilinib kelinadi.