Kim Chen In armiya bosh shtabiga yangi rahbar tayinlandi

Jahon 18:25 / 21.02.2016 4853

Shimoliy Koreya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinladi.

Fevral oyi boshida Janubiy Koreya OAVi KXDR qurolli kuchlari armiya bosh shtabi boshlig‘i qatl qilingani haqida xabar bergandi. Ushbu xabarlarga ko‘ra Li Yen Gil korrupsiya va o‘z siyosiy qarashlarini oldinga surgani uchun ayblangan.

Rasmiy Pxenyan bu xabarlarga hech qanday sharh bermagan.

Ayni vaqtda, 21 fevral kuni Shimoliy Koreya hukumatining rasmiy nashri bo‘lmish "Nodon" gazetasida bosh shtabning yangi boshlig‘i, Kim Chen In bilan harbiy yurishlarda birga bo‘lgan Li Men Su ekani haqida xabar bergan.

Janubiy Koreyada ta'kidlanishicha, Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelgan 2011 yildan buyon, Shimoliy Koreyada o‘nlab hukumat arboblari va harbiy xizmatdagi amaldorlar qatl qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: