Italiyada "qahva qiroli"ni katta qahvaqaynatgichda dafn qilishdi

Jamiyat 07:06 / 21.02.2016 4186

Italiyada geyzer qahvaqaynatgichlari sotuvchisi Renato Bialettining hokini "Moka" qahvaqaynatgichi shaklidagi idishda dafn qilishdi, deb xabar bermoqda Fox News.

Ta'kidlanishicha, 93 yoshida vafot etgan Bialetti "Moka"ni o‘ylab topmagan, biroq uni sotib mashhur bo‘lib ketgan.

"Moka"ni Luiji di Ponti ixtiro qilgan, 1933 yilda unga patentni alyuminiy buyumlar sotgan Bialettining otasiga sotgan.

1947 yilda Renato Bialetti otasining biznesini meros qilib olib, bu qahvaqaynatgichlarni sotish maqsadida katta ko‘lamdagi marketing kampaniyasini o‘tkazdi va "Moka"ni butun Itlaiyaga mashhur qilib yubordi.

Bialetti hoki solingan qahvaqaynatgich Omenya kommunasidagi qabristonda oilaviy qabrga ko‘mildi.

Ma'lumot uchun, "Moka" qahvani bug‘ bosimi ostida tayyorlash usuliga asoslangan qahvaqaynatgich bo‘lib, undan Yevropada, ayniqsa Italiyada keng foydalaniladi hamda milliy ramzlardan biri hisoblanadi.   

Ko‘proq yangiliklar: