Tvitterda ikkita yangi funksiya paydo bo‘ladi

Fan-texnika 10:45 / 20.02.2016 1927

Twitter mikrobloglar servisi ikki yangi funksiya kiritadi: tvitlardan shaxsiy xabarlarga ilova qilish va Customer Feedback mijozlari so‘rovlari servisi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Ko‘pincha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha foydalanuvchilar va brendlar o‘rtasida muloqot tvitlarda boshlanadi va keyinchalik shaxsiy xabarlarga o‘tiladi. Endi ushbu jarayonni bitta klikda amalga oshirish mumkin", - deyiladi xabarda.

Yangi funksiya brendlarga tvitlarga ilovalar qo‘shish imkonini beradi. Foydalanuvchilar muloqotning o‘zida "shaxsiy xabar jo‘natish" tugmasini ko‘rib turadilar.

Tvitter qo‘shgan ikkinchi funksiya esa brendlarga Customer Feedback servisi yordamida so‘rov o‘tkazish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: