Amerikalik milliarder Donald Tramp va AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning "birlashtirilgan yuzi" internetni junbishga keltirdi. Imgur saytida surat 1.2 mln marta ko‘rildi, Reddit saytida esa foydalanuvchilar suratga 560dan ortiq sharh qoldirishdi.
Mashable nashrining ta'kidlashicha, Tramp va Klintonning birlashtirilgan suratida ular "bir yagona odam"ga aylanishgan. Nashrdagilar fikriga ko‘ra, bu surat orqali respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi farqlarni butunlay yo‘qotib yuborilgan, bundan tashqari suratni "betakror fotoshop" deb atashmoqda.
"Amerika, bu biz qidirayotgan lider", deyiladi Mashable nashri xabarida. Bu Tramp va Klintonga atalgan birinchi fotoshop emasligini eslatib o‘tilgan.
Jonni Depp filmni suratga olish vaqtida yuzidan Trampning niqobini nafrat bilan sidirib tashladi