Britaniyaning The Economist jurnali Buyuk Britaniyada matbuot inqirozga uchrayotganini qayd qildi. 2009 yildan gazetalarning bosma versiyalari savdosi 36 foizga tushib ketdi, ularning mamlakat reklama trafigidagi ulushi undan ham xavfliroq darajada, ya'ni 2009 yildagi 25 foizdan 2015 yildagi 10 foizga tushib ketgan. Jurnalning baholashicha, bosma OAV bozorini 2005 yildan boshlab 200 dan ko‘proq mahalliy nashrlar tark etgan.
"Omon qolgan" nashrlar ham ko‘proq internet versiyaga o‘tmoqda. Bunga misol tariqasida butun dunyoda eng ko‘p o‘qiladigan ingliz tilidagi Daily Mail va The Guardian nashrlari keltirildi. Biroq internet-reklamadan olinadigan daromad nashrlarning bosma versiyalariga ketadigan xarajatlarni qoplay olmaydi. Economist misol tariqasida Guardian nashri yil yaknulariga ko‘ra 53 mln funt sterling sof zarar ko‘rishini keltirib o‘tdi, buning natijasida nashr xarajatlar va xodimlarini qisqartirish va hamroh xizmat va kontent: tanishuvlar, voqealarni yoritish saytlari va xomiylik kontentiga e'tiborni qaratish rejalari haqida e'lon qildi.