Jyenevada Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda muzokaralar ishtirokchilariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Vaziyat o‘t ochish masalalari bo‘yicha maxsus guruh tomonidan muhokama qilindi, muzokaralarda Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi vakillari ishtirok etishdi.
Kelishuvlar doirasida shaharlardan qamallar olinishi, asirlarni topshirish va jabrlangan shaharlarga insonparvarlik yordamini yetkazish taklif qilinmoqda. Suriya prezidenti raqiblari 2-3 haftalik muddatga yarashuvga rozi bo‘lishdi va bunda zaruriy shart sifatida Rossiya aviatsiyasi aviazarbalari to‘xtatilishini talab qilishdi.
O‘t ochishni to‘xtatish tartibi keyinroq uzaytirilishi mumkin va IShIDdan tashqari ixtilofning barcha tomnlariga taalluqli bo‘ladi.