Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov Islom Karimovning Moskvaga tashrifi bo‘yicha muloqot o‘tkazishdi

O‘zbekiston 09:00 / 20.02.2016 13367

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 19 fevral kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu muloqotni o‘tkazish taklifi O‘zbekiston tomonidan bo‘lgan va unda ikki mamlakat prezidentining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish xususida gaplashilgan.

"Ikki davlat tashqi ishlar vazirligi rahbarlari bu muloqot chog‘ida xalqaro maydondagi o‘zaro hamkorlik masalalari haqida ham gaplashishgan", deyiladi Rossiya TIV sayti xabarida.

2015 yilning iyulida Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti vaqtida Vladimir Putin Islom Karimovni Moskvaga rasmiy tashrif uyushtirishni taklif qilgan, O‘zbekiston rahbari bu taklifga rozilik bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: