OAV: Indoneziya politsiya 36 kishini terrorchilikka aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga oldi

Jahon 18:55 / 20.02.2016 1605

Indoneziya politsiyasi 36 kishini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib, hibsga olgan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, hibsga olish ishlari Yava orolida o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlarning yonidan pnevmatik vintovkalar, pichoqlar va diniy adabiyotlar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 yanvar kunida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davomli teraktlar sodir etilgan, natijada 4 kishi qurbon bo‘lgandi. O‘zaro otishmalarda 2 jangari yo‘q qilingan, yana 2 jangari o‘zini portlatib halok bo‘lgandi.

Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Terakt tashkilotchisi sifatida ayni vaqtda Suriyaning Raqqa shahrida ekani taxmin qilinadigan indoneziyalik radikal Bahrum Nayim nomi tilga olinadi. U IShIDning Janubiy-Sharqiy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari ekani aytiladi.

14 yanvar kungi teraktdan keyin mamlakatda keng ko‘lamli aksilterror amaliyotlar davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: