So‘nggi yillarda yo‘lovchilar qo‘lidagi smartfonlar yo‘llarda sodir bo‘luvchi xavf-xatarning asosiy sababchilaridan biri sifatida muhokama qilinmoqda. Ularga xuddi reklama kampaniyalaridagi kabi zamon talabiga aylangan yo‘l belgilari qo‘yilmoqda.
Biroq, Gizmodo muharriri Alissa Uokerning fikricha, smartfonlarga bildirilayotgan yuqoridagi mulohazalar noo‘rin. OAV yo‘lovchilarning jarohat olishlarining ko‘payib qolganligi haqida “noto‘g‘ri yo‘nalishda fikrlamoqda” deb o‘ylaydi Uoker.
Misol uchun, The Wall Street Journal hech qanday jiddiy sabablarsiz smartfonlarga bo‘lgan moyillikning salbiy yo‘nalishda o‘sishini bog‘lab, bu qurilmalarda foydalanuvchilar uchun oyoqlar ostiga qarab yurish haqida xabar beruvchi qo‘shimcha e'lon kiritish taklifini berishdi.
“Ha, shunday yo‘l tutishsin, odamlar smartfonlarga qarash kerak bo‘lmagan bu paytda, qurilmalar har xil animatsiyalar va ovozlar bilan ularni chalg‘itsin”, deydi Uoker.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, “yurish vaqtida chalg‘ishdan” birgina AQShning o‘zida yiliga 6 kishi atrofida va bir vaqtning o‘zida piyodalar bilan avtomobillarning to‘qnashuvi natijasida yiliga 4800 kishi halok bo‘ladi.
Bundan tashqari, Uokerning aytishicha, agarda politsiya halok bo‘lgan insonning oldida yoki qo‘lida telefon topib olsa, demak voqea sodir bo‘lganiga qurilma aybdor degan xulosaga kelishadi. Ammo buni hech kim isbotlab bera olmaydi, chunki piyoda qo‘lida shunchaki ushlab ketgan bo‘lishi ham mumkin.
2014 yildan 2015 yilgacha telefonlarning soni aholi jon boshiga deyarli o‘smagan, lekin mashinalar tufayli o‘limlarning soni haqida bunday deya olmaymiz.
AQShda 2015 yilda mashinalar rekord darajada xarid qilingan, amerikalik haydovchilar esa mahalliy yo‘llarda cheksiz masofasini bosib o‘tishgan.
Natijada, so‘z oddiy korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) haqida ketmoqda: qancha ko‘p kishi mashina boshqarsa, shuncha ko‘p darajada avtomobillar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar yuz beradi. Haydovchilar ko‘payishining yana bir sababi 2016 yilda yoqilg‘i narxining oxirgi sakkiz yil ichida minimum darajaga tushib ketishi, deydi Uoker.
Shuning uchun, Amerika yo‘llaridagi muammolar smartfonlarning ko‘payganiga emas, balki avtomobillarning ko‘payishi natijasida yuzaga kelmoqda, deb xulosa qiladi muxbir.