Maserati o‘zining birinchi krossoverini namoyish qildi

Fan-texnika 18:54 / 20.02.2016 3729

Maserati kompaniyasi brend tarixidagi birinchi krossoverni namoyish qildi. Levante deb nom olgan krossover mart oyida Jyeneva avtosalonida taqdim qilinadi. Krossover Turindagi Fiat zavodida yig‘iladi. Yangi avtomobil Yevropada bahorda sotila boshlanadi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi Alfieri kontsepti uslubida ishlangan. Krossover Ghibli uslubidagi yorug‘lik-diodli faralar va xromlangan katta radiator panjarasi oldi. Yangi avtomobil Maserati detallaridan yig‘iladi.

Maserati’ning birinchi krossoveri texnik ko‘rsatkichlari hozircha sir saqlanmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mashina uchta motor bilan taklif qilinadi: 6 silindrli 335 yoki 424 ot kuchiga ega benzinli, 8 silindrli 560 ot kuchiga ega benzinli va dasturiy ta'minot turiga bog‘liq ravishda 250, 275 yoki 340 ot kuchiga ega dizelli.

Levante sotuvga chiqarilgandan keyin uning gibridli modifikatsiyasi ham paydo bo‘ladi. Bunday versiya 2017 yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqadi.

Avvalroq kompaniya Levante qurilishi mo‘ljallangan Jeep Grand Cherokee platformasidan voz kechishga qaror qildi. Xoynahoy, yangi avtomobil Quattroporte va Ghibli modellari arxitekturasi bo‘yicha qurilgan bo‘lsa kerak.

Ko‘proq yangiliklar: