Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya yetakchilari kelishuvga erishdilar, deb aytdi o‘zining tvitterida Litva prezidenti Dalya Gribauskayte.
"Yevropa Ittifoqida Buyuk Britaniya bo‘yicha kelishuvga erishildi, mushkullik yakunlandi", deb ma'lum qildi Gribauskayte.
Gribauskayte bu haqda Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar kelishuvning yakuniy variantini muhokama qilgan kechki ovqatdan keyin yarim soat o‘tib ma'lum qildi.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Buyuk Britaniyani ittifoqda saqlab qolish istagida ekanliklarini ma'lum qilgandi.