Lenovo kompaniyasi A7010 smartfonini internet orqali sotishni boshladi

Fan-texnika 15:22 / 20.02.2016 2979

Lenovo kompaniyasi qimmat bo‘lmagan A7010 smartfonining internet-sotuvini boshladi.

Qurilma 5,5 dyumli ekran va oshirilgan sig‘imdagi (3300 mA*ch) akkumulyatorga ega. 

Qurilmaning IPS-ekrani Full HD (1920x1080 pikselli) kamerasini o‘zida mujassam etgan. Smartfonda sakkiz yadroli, 1,5 GGts chastotali MediaTek MT6753 protsessori mavjud. Operativ xotira -2 GB, ichiga esa 32 GB xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, microSD xotira kartasini ham ko‘tara oladi.

Lenovo saytinining ma'lumotida keltirilishicha, smartfonning maksimal ushlab turuvchi sig‘imi – 32 GBni tashkil etadi, lekin press-relizlarda 128 GB deya qayd etilgan.

Lenovo A7010 4G/LTE tarmog‘iga ulangan holda ikkita kichik hajmdagi SIM-kartalar bilan ishlay oladi. Orqa kamerada 13 megapikselli sensorli bo‘lib, avtofokusirovka (PDAF) tizimi va ranglar haroratini boshqaruvchi ikki LED Flash chirog‘iga ega. Old kamera – 5 megapiksel. Qurilma 5.1.1 Lollipop Android versiyali operatsion tizimda ishlaydi.

Bundan tashqari, mobil telefonda Dolby Atmos bilan ishlovchi 1,5 Vt li kuchga ega old dinamikasi mavjud bo‘lib, uning yordamida ko‘cha yoki uyda tashkillashtirilgan kichik diskotekalarni o‘tkazish mumkin. Dinamikani esa orqa panelda joylashgan barmoqlarni bosish datchigi orqali boshqarish mumkin.

22 fevral kuni, sotuvning ilk sanasida Lenovo A7010 smartfonini Lenovo internet-magazinlarida 207,56 dollarga sotib olish mumkin. Qolgan kunlari esa qurilma 222,48 dollardan sotuvga chiqadi.

Lenovo apparati narxi va xususiyatiga ko‘ra o‘z raqobatchilaridan yaqindagina sotuvga chiqqan Huawei kompaniyasining Honor 5X smartfonini yodga soladi. Biroq Lenovo A7010’da Honor 5X’ga nisbatan ikki barobar katta xotira va 10 foizdan ortiq chidamliroq batareya bor. Huawei smartfonining korpusi alyuminiydan, Lenovo’niki esa plastik-polikarbonatdan tayyorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: