Latviya o‘zbekistonlik mebelsozlar bilan mebel ishlab chiqarish tajribasi bilan bo‘lishadi

Jamiyat 21:30 / 20.02.2016 4328

Latviya ish beruvchilar konfederatsiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kichik va o‘rta biznes korxonalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish dasturi doirasida hamkorlik qilishni boshladi, deb xabar bermoqda konfederatsiya matbuot xizmati.

Dastur Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. 15 fevraldan 13 martgacha bir oy davomida O‘zbekistonning mebel ishlab chiqarish sohasi vakili Farruh Usmonov Latviyadagi bir nechta mebel ishlab chiqaruvchi korxonalarga ularning tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonda qo‘llash uchun tashrif buyuradi.

Gap Latviyaning Riga shahridagi "Ripo", Livani shahridagi "Sencis", Ventspils o‘lkasidagi "Dzintarkalni" hamda boshqa bir qator zavodlariga tashrif haqida ketmoqda. Bundan tashqari, hamkorlikka dizayner va duradgorlikka o‘qituvchi Daugavpils qurilish texnikumi ham qo‘shildi.

Keyingi haftada Usmonovning "Lama", "Metalserviss" va "Dailrade Koks" korxonalariga tashrif buyurishi va mashg‘ulot o‘tishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: