Ilon Mask Tesla.com saytini sotib olishi mumkin

Fan-texnika 19:36 / 20.02.2016 2831

SpaceX va Tesla Motors kompaniyasi boshlig‘i Ilon Mask 9 yillik muloqotdan so‘ng, Tesla.com saytini sotib olishi mumkin. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.

Qayd etish kerakki, mazkur sayt Nikola Teslaning ashaddiy muxlislaridan biriga tegishli. U saytni 1992 yilda sotib olgan. Biroq 24 yildan buyon saytni ishlatmaydi.

Shu sababli kompaniya bu nom band bo‘lgani uchun Teslamotors.com. domenini sotib olishga majbur bo‘lgandi. Ayni kunda Tesla.com manzili bo‘ylab kirmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ilon Mask kompaniyasining portaliga o‘tib ketasiz.

Nashrning yozishicha, Mask bu jarayonni omadli yakunlasa, nihoyat o‘z kompaniyasi nomini Tesla deb o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: