Finlyandiyaning Hartwall zavodi bir soat davomida xatolik tufayli Pepsi Max logotipli bankalarga pivo quygan.
"18 fevral kuni Laxtida yashovchi kishi mahalliy do‘kondan o‘g‘liga Pepsi Max gazlangan ichimligini sotib olib bergan. 13 yoshli bolakay ichimlikning ta'mi yoqimsiz ekanligidan shikoyat qilgan. Shundan keyingina zavodning xatosi ma'lum bo‘lgan", deya xabar beradi YLE teleradiokompaniyasi.
Zavodga yana kamida 2ta shikoyat kelib tushgan. Pepsi Max logotipli bankalar Karjala pivolari bilan bitta o‘ramda ekani ba'zi sotuvchilarning shubhasiga sabab bo‘lgan.