Videoxit: Do‘mboq pingvinlar yugurish yo‘lakchasida

Jamiyat 11:31 / 20.02.2016 5533

Imperator pingvinlari suvda yaxshi suzishadi, ammo quruqlikda yaxshi yura olishmaydi. Lekin har yoz mavsumida zurriyot qoldirish maqsadida ular quruqlikka chiqishga majbur bo‘lishadi. U yerda ular uchun ozuqa bo‘lmagani sababli, pingvinlar oldindan ovqatlanib, semirib olishadi va keyinchalik shu zaxira hisobiga yashashadi.

Biolog Astrid Villener va uning kasbdoshlari pingvinlarning og‘irligi ularning qadam bosishiga qanday ta'sir qilishini o‘rganishdi. Buning uchun ular quruqlikka endi chiqqan 10ta yovvoyi qushlarni tutib, yugurish yo‘lakchasida yurishga majburlashdi. Keyin pingvinlarni och qoldirib, ularni ozishi uchun yana yo‘lakchada sinab ko‘rishdi. Ularning harakatlari ustlariga kiydirilgan akselerometrlar orqali o‘rganildi.

Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, do‘mboq pingvinlar o‘z panjalarida kamroq turg‘un tura olishadi. Buning sababi, qushlar oldinroq egilib o‘zlarining og‘irlik markazlarini o‘zgartirishadi.

Villener ScienceNews nashriga bergan sharhida, ularga bu qay darajada va nima sababli xavfli ekanini aytib o‘tdi.

"Agar pingvinlar yurmasdan to‘xtab turishsa, yirtqichlar ularni katta bo‘ronqush deb o‘ylab yeb qo‘yadi. Shuning uchun, do‘mboq pingvinlar uchun tik yurish juda muhim”, deb ta'kidladi Villener.

Ko‘proq yangiliklar: