Britaniyalik sobiq futbolchi shartnomadagi xatolik tufayli qo‘shimcha 2 mln dollar ishlab olganini tan oldi

Sport 17:27 / 20.02.2016 3057

2009-2011 yillar davomida Angliyaning "Xall Siti" jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi Jimmi Bullard o‘zaro shartnomada raqamlar xato yozilib qolgani tufayli haftasiga qo‘shimcha 15 ming funt sterling maosh olgan.

U 2009 yilda "Fulhem"dan 5 mln funt evaziga xarid qilingan va u bilan haftasiga 40 ming funt sterling to‘lashni nazarda tutuvchi 4,5 yillik shartnoma imzolagandi. Shartnomadagi xatolik tufayli futbolchi haftasiga 55 ming funtdan olib borgan va u 2011 yilgacha jami 5,5 mln funt maosh olgan va shundan 1,5 mln funti (2 mln dollar) "osmondan tushgan sovg‘a" kabi bo‘lgan.

"Bu juda ajoyib bo‘lgandi, ajoyib shartnoma. Men har yili bu kunni nishonlayman. "Xall Siti"ga rahmat aytaman, jamoadan olgan pullarim mening hayotimni yaxshiladi. Men bu pullarni rohat qilib sarfladim", deydi Bullard.

2011 yilda futbolchi "Ipsvich Taun"ga ijaraga beriladi. Bullard 2012 yilda tizzasidagi jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U ayni vaqtda 37 yoshda.

Ko‘proq yangiliklar: