BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya-Turkiya chegarasidagi keskin holatni ko‘rib chiqadi

Jahon 10:27 / 20.02.2016 2603

Rossiya Federatsiyasi say'-harakatlari bilan BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya-Turkiya chegarasidagi jarayon bo‘yicha yopiq majlis o‘tkaziladi. Bu haqda BMTning Rossiya vakolatxonasi xabar bergan.

BMT Xavfsizlik Kengashi majlisni soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan soat 01:00) o‘tkazadi.

19 fevral kuni RF Tashqi ishlar vazirligi Turkiya Suriya shimoliga qurolli kuchlarini kiritish rejalari haqida e'loni bilan Suriya-Turkiya chegarasidagi holat keskinlashganini ma'lum qildi.

"Rossiya delegatsiyasi BMT Xavfsizlik Kengashiga "Suriyaning suveriniteti va hududiy daxlsizligiga xavf soluvchi va BMT HK 2255 rezolyutsiyasini buzuvchi har qanday harakatlarni to‘xtatish"ni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasi bilan chiqadi", - degandi RF Tashqi Ishlar Vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Suriya-Turkiya chegarasidagi holat Anqaradagi terakt va janubiy-sharqiy Turkiyadagi portlashlardan juda keskinlashdi. Ushbu teraktlarda 30dan ortiq odam halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishilar jarohat olishgan.

Turkiya bosh vaziri bo‘lgan voqealarda suriyalik kurdlarni aybladi.

19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan teraktlar bo‘yicha javobgarlikni Kurd jangari guruhlaridan biri o‘z zimmasiga oldi.

FT: Turkiya va Saudiya Arabistoni Suriyaga qo‘shin olib kirishi mumkin

Ko‘proq yangiliklar: