Avstraliyaning News.com.au nashri yo‘lovchi samolyotlarining biznes-sinfi bilan parvoz qilgan yo‘lovchilar tomonidan eng ko‘p bildiriladigan shikoyatlar ro‘yxatini chop etdi. Bu shikoyatlar haqida samolyot bortkuzatuvchilari ma'lumot berishdi. Bu yerda gap 10 soatdan ko‘proq davom etgan Avstraliya reyslari haqida ketmoqda.
Yo‘lovchilar parvozlar uzoq vaqt davom etgani uchun ularga nima uchun pijama berishmaganidan hayratlanishgan va aviakompaniya personali ularni qachon olib kelishi bilan eng ko‘p qiziqishgan. Shikoyatlar orasida 2-o‘rinni yo‘lovchilar massaj o‘rindig‘ining yetarlicha kuchlimasligidan norozi bo‘lishlari egallagan.
Shuningdek, sayohatchilar ularga Dom Perignon shampan vinosini keltirishni so‘rashgan va uning yo‘qligini bilgach, xafa bo‘lishgan. Bundan tashqari, yo‘lovchilar orqaga tashlanuvchi o‘rindiq yetarlicha qalin emasligidan shikoyat qilishgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar ularga televizor juda uzoqlik qilgani sababli ko‘zoynak olib kelishni so‘rashgan. Sayohatchilar oldilaridagi stolchada juda ko‘p ichimlik turgani sababli hojatxonaga chiqa olishmayotganidan ham shikoyat qilishgan. Mijozlar, shuningdek, hojatxonadagi kranni yoqish avtomatik sensor datchigi ishga tushib ketgani sababli kiyimlari ho‘l bo‘lganidan norozi bo‘lishgan.