2015 yilning oktabrida Kaliforniyaning Moxava cho‘lidagi O‘lim vodiysi milliy bog‘ hududida bu yerga xos bo‘lmagan noodatiy mo‘l-ko‘l yomg‘ir yoqqani sababli bu yerdagi tuproq shunchalik suv bilan to‘yindiki, kun isigandan va uzaygandan keyin vodiyda turfa gullar gullashni boshladi. Bunday holat 10 yil ichida birinchi marta kuzatildi.
Bu yerda birinchi gullar o‘rtacha havo harorati hali manfiy darajada bo‘lgan yanvardayoq nish urgani kuzatilgandi. Fevralda harorat 0 gradusgacha ko‘tarildi va yana bir marta yomg‘ir yoqqandan keyin o‘simliklar faol o‘sa boshladi.
Bog‘ning janubiy qismidagi gullar vodiyning qolgan yerlariga ham tarqala boshladi va uni sariq, to‘q qizil va ko‘k ranglar bilan qoplay boshladi. Ba'zi gullarning g‘unchalari faqat ikki soatgagina ochiladi, shuning uchun iloji boricha ko‘proq gullayotgan o‘simliklarni ko‘rish uchun bu yerga tashrif buyuruvchilarga o‘z sayohatlarini shunga qarab rejalashtirishlari kerak bo‘ladi.
Bu yerda 17 fevralda havo haroratining maksimal darajasi 31-32 darajaga ko‘tarildi, ko‘pgina o‘simliklar barq urib, urug‘ tugdi. Biroq vodiyda anchadan beri yomg‘ir bo‘lmagani sababli, bog‘ vakillari yaqin orada o‘simliklar nobud bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
11 fevralda O‘lim vodiysi milliy bog‘i bu yerda kamdan-kam kuzatiladigan "supergullash"ga bag‘ishlangan videoni chop etdi.
O‘lim vodiysi o‘zining nomini Oltin talvasasi vaqtidayoq olgan, o‘shanda bu yerda oltin va kumush olingan. Hozirda sayyoramizning eng issiq hududlaridan birida milliy bog‘ joylashgan. Bu yerda iyul oyida tunlari o‘rtacha 31°S issiq bo‘ladi.
Vodiyda avvalgi bunday mo‘l gullash 2005 yilda kuzatilgandi.